Posted by : Unknown
01/01/2016
Tom Kruz (Tom
Cruise). To’liq ismi va familiyasi: Tomas Kruz Mepoter IV. 1962 yil 3 iyulda
Sirakyus (Nyu York) shahrida tug’ilgan. Ba’zan Tom Kruzni erkak aktyorlar orasida
“80 - yillarning megayulduzi” deb hisoblashishadi. Tom Kruz suratga tushgan har
qanday film o’sha yillarda eng omadlisi hisoblangan. Uning tashqi ko’rinishi,
yuz tuzilishi, tabassumi yoshlar orasida katta qiziqishga sabab bo’lgan. Tom
Kruz o’z filmlarida maqsadli, qaytmas, jasur yosh yigitlar rolini ijro etar va
bu esa unga butun dunyo bo’ylab mashhurlik olib kelardi. U ijro etgan
qahramonlarning hayotdagi asosiy g’oyasi bu – mehnat va berilgan vazifani a’lo
darajada bajarish bo’lgan. Shunday bo’lishiga qaramasdan, Tom Kruz qahramonlari
biroz yengiltak yoki yo’ldan adashgan yosh bola talvasasidagi kishi sifatida
ham ekranlarda paydo bo’lib turardi. Uning ishonchga to’la tashqi ko’rinishi
ortida, ba’zan zaiflik ko’zga tashlanardi.
Bolaligi oson
kechmagan, albatta. U endigina 13 yoshga to’lganida ota-onasi ajrashib ketgan.
Bu esa uning keyingi hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Oilani tebratish
maqsadida, Tomning onasi tinmay mehnat qilgan. Tom esa amakivachchasini
kiyimlarini kiyishga majbur edi. U 17 yoshida ruhoniylik kurslariga qatnay
boshlaydi. O’zidan ko’ngli to’lmagan Tom Kruz sport bilan ham shug’ullanishni
kanda qilmagan. Aktyorlikka qiziqish ham o’sha paytlardanoq boshlangan edi.
U suratga tushgan
dastlabki filmlar (“Abadiy muhabbat” va “Taps” 1981 yil) asosan o’smirlar
haqida bo’lib, ko’pgina iqtidorli yosh aktyorlarni dunyoga tanitdi. 1983 yilda
eng ko’p daromadli film hisoblangan “Qaltis ish”da Tom Kruz bosh rolni ijro etgan. Bu safar,
uning qahramoni- boy oila farzandi. U
ota-onasiga har doim quloq soladi va uning kelajakdagi o’rni aniq. U boss bo’lishi
kerak. Brioq, dam olishga ketgan ota-onasi tufayli yolg’iz qolgan yigit o’z
avtomabilini daryoga cho’ktiradi va o’z uyini foxisha xonaga aylantirib, tunni
yengiltak qizlar bilan o’tkazadi. Tom Kruzni aynan o’sha filmdagi roli uning
keyingi ijodidagi rivojini ta’minlab bergan.
![]() |
| "Abadiy muhabbat" 1981 yil |
![]() |
| "Taps" 1981 yil |
Uning
muvaffaqqiyatli filmlari orasida “Kokteyl” (1988 yil) filmi Tom Kruzni yana bir
o’zgacha olam sohibi ekangligini ko’rsatdi. Bosh qahramon Brayan Flannegan –
barmen o’sha davr yoshlari orasida katta shuhrat qozondi. 350 million dollar
yiqqan “Eng mukammal qurol” (1986) filmida Tom Kruz yosh uchuvchi rolini ijro
etadi. Qahramonimiz ishdan bo’shagan vaqtlarda o’z mototsiklida sayr qilishni,
sohil bo’ylarida qizlar bilan suhbat qurishni sevadi. Ushbu filmni suratga
olish jarayoni anchayyin og’ir kechganiga qaramasdan(10 oy), 1987 yil Martin
Skorseze tomonidan taklif qilingan “Pulning rangi” filmidagi rolni hech
ikkilanmasdan qabul qildi. Bunga sabab, Pol Nyumen, o’sha davrlarning eng buyuk
aktyori ham aynan o’sha filmda rol o’ynashi bo’lgan. Filmda Pol Nyumen
tajribali, ko’pni ko’rgan kishi sifatida namoyon bo’ladi. Tom Kruz esa
aksincha, yosh, g’o’r, tajribasiz yigit rolini ijro etadi.
1988 yilda
suratga olingan “Yomg’ir odami”filmida Tom Kruz o’zining tashqi ko’rinishiga
emas, balkim kasbiy mahoratiga suyanishiga majbur bo’ldi va aynan uning ushbu
roli uni profesional aktyor ekanligini isbotlab berdi. Qo’yilgan vazifani
nuqsonsiz bajarib, kino sanoatidagi barcha gigantlarni o’ziga qarata oldi.
Haqiqiy aktyor
ekanligini isbotlashdan charchamagan Tom Kruz yana bir murakkab filmda murakkab
timsolni yaratdi. U “4 iyulda tug’ilgan” deb nomlangan, Veyetnam urushi
veterani Ron Kovikning tarjimai holi asosida suratga olingan kinokartinada g’aroyib
rolni mahorat bilan ijro etdi. Ushbu rol uchun tayyorgarlik anchayin o’gir
kechgan va soatlab rejissyor Oliver Stounning suhbatini olishga to’g’ri kelgan.
Hatto, tarjimai hol egasi Kovikning nogironlik aravasini ko’cha bo’ylab haydab,
u bilan tinmay suhbatlar qurgan. Ushbu rol uchun “Oskar” mukofotiga nomzod
qilib ko’rsatilgan.
1987 yili Tom
Kruz o’zidan uch yoshga katta bo’lgan aktrisa Mimi Rodjersga uylanadi. Nikoh ko’pga
cho’zilmaydi va 1990 yilda ajrim e’lon qilinadi. Ko’p yolg’iz qolmagan Tom Kruz
o’sha yiliyoq, o’zidan anchayin balandroq avstraliyalik aktrisa Nikol Kidmanni
o’z nikohiga oladi. Keyinchalik Tom Kruz yana bir aktrisa – Pinelope Kruzga
uylanadi. 2006 yilda esa Keti Xolms bilan hayotini bog’laydi.



Tom Kruz Keti Xolmsni ko'proq sevganligini aytgan
ReplyDelete